Sinf rahbarlikni pedagogning roziligisiz olib qo‘yish mumkinmi?
Savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman, ma’lumotim o‘rta maxsus. Hozirda universitetda sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyapman, yaqinda diplom ham olaman.
Biroq, direktorimiz o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi ekanligim uchun mendan sinfni olib qo‘ymoqchi. Shu masalada qonunlarda nima deyilgan? Iltimos, aniqlik kiritib bering.
Javob
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘qituvchilarning malaka tavsiflariga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun — boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatgan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasiga ko‘ra, maktabda asosiy ishchi sifatida ishlayotgan, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega hamda o‘quvchilar bilan ishlashda mas’uliyat bilan yondasha oladigan xodimlarga sinf rahbarlik yuklatish mumkinligi nazarda tutilgan.
Bunda boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang;ich sinfga biriktiriladigan o‘qituvchilarga yuklatiladi. Ya’ni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot ham yetarli ekanligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 6-bandi, qarorga 3-ilovaning 4-bandida ham o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar haqida so‘z borgan bo‘lib, mazkur toifadagi pedagoglarni ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatmasligi haqida norma mavjud emas.
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 3271) nizomning 15-bandi, 19-xatboshida ham oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar ta’lim muassasasida faoliyat yuritishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Bunda boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, o‘qish va matematika fanlaridan dars o‘tadigan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
Shu sababli, ayni vaqtda sinf rahbarlik yuklatilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan ularning o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligini ro‘kach qilib, sinf rahbarlikni olib qo‘yish qonunchilikka zid holat hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqqandan so‘ng, sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirilgan.
Ya’ni, vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqqani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgandik.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishiga 8 kun qolganda imzolangan buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan talablar o‘zgartirilishi ortidan hududlarda muammolar kelib chiqmoqda.
Yangiliklar
Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi
Hozirgi kunga qadar boshlang‘ich sinflarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun hech qanday cheklov mavjud emasdi.
So'ragan edingiz
Dars soatining sinf rahbarligiga aloqasi bormi?
O'qituvchining qancha dars soati olganligi mutlaqo ahamiyatsiz
O'zbek
Izohingizni tahrirlang