Top.Mail.Ru
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan

Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan

12:00 / 19.05.2026 53

Prezident Xalq qabulxonasi 2026-yilning 1-choragi davomida vazirlik va idoralar vakolatiga oid murojaatlar tahlilini e’lon qildi. Tahlillarga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi bo‘yicha jami 4 796 ta murojaat kelib tushgan.


Qayd etilishicha, prezident nomiga yuborilgan murojaatlarning katta qismida aslida vazirlik darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ko‘tarilgan.


Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi davlat organlari orasida eng yirik ish beruvchi tizimlardan biri ekani hisobga olinsa, murojaatlar soni nisbatan kamligi ko‘zga tashlanadi.


Taqqoslash uchun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi bo‘yicha 26 077 ta, Majburiy ijro byurosi tizimi bo‘yicha 24 889 ta hamda Ichki ishlar vazirligi tizimi yuzasidan 22 623 ta murojaat kelib tushgan.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq eng ko‘p murojaatlar aynan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • prezident

Ulashish