Top.Mail.Ru
Maktablarda ishlayotgan o'qituvchilarning necha nafari malaka toifasiga ega?

Maktablarda ishlayotgan o'qituvchilarning necha nafari malaka toifasiga ega?

13:54 / 16.01.2024 934
Hozirgi kunda respublika boʻyicha umumiy o‘rta talim muassasalarida 525 ming 737 nafar pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 282 ming 424 nafari malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni tashkil qiladi.

Bunda:

➖ Oliy toifaga ega boʻlgan oʻqituvchilar — 53 ming 914 nafarni;

➖ I toifaga ega boʻlgan oʻqituvchilar — 101 ming 751 nafarni;

➖ II toifaga ega boʻlgan oʻqituvchilar — 126 ming 759 nafarni;

➖ Mutaxassis oʻqituvchilar — 177 ming 122 nafarni;

➖ O‘rta maxsus ma’lumotli oʻqituvchilar — 66 ming 191 nafarni tashkil etadi.

Shunda umumiy oʻqituvchilar sonining 10,25 foizi oliy toifali, 19,35 foizi I toifali, 24,11 foizi II toifali, 33,69 foizi mutaxassis, 12,59 foizini esa o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Pedagog

Ulashish