Endi Yaponiyada darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga robotlar o‘qiydi

Yaponiyaning Kumamoto shahridagi maktab ma’muriyati bolalarga o‘zlarining o‘qituvchilari va sinfdoshlari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi uchun ikkita mexanik yordamchilarni sotib oldi. Bu haqda ancha avvalroq Qalampir.uz nashri xabar bergandi.
Yaponiya rasmiylariga ko‘ra, ushbu robotlar maktabga bormagan o‘quvchilarni masofadan turib darslarga qatnashishga undaydi va oxir-oqibat, ularning maktabga qaytishiga erishadi.
"Mainichi Shimbun" gazetasiga ko‘ra, 2023-yilning noyabr oyiga borib, Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Kumamoto shahridagi barcha sinfxonalarda mikrofon, dinamik va kameralar bilan jihozlangan ikkita robot paydo bo‘lishi reja qilingandi.
Aytilishicha, endilikda o‘qituvchilar bilan bir qatorda 1 metr balandlikdagi o‘zi yurar robotlar maktabga kelmagan bolalarning masofadan bilim olishiga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Kumamoto o‘qishni qoldirmaslik holatlarini hal qilishga urinayotgan yagona joy emas. Yaponiya Ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda rekord darajadagi 244 940 nafar boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari 2022-yilning mart oyi oxirigacha bo‘lgan 12 oy ichida 30 kun yoki undan ko‘proq vaqt davomida maktabga borishdan bosh tortgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Mavzuga doir yangiliklar

May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.

Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.

O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Direktor o‘rinbosarlari ham ishdan olinadi

Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti
Lekin hind maktablaridagi umumiy davomat ko‘rsatgichi 99.59% ni tashkil etgan
Izohingizni tahrirlang