“OpenBudget” tugamaguncha o‘qituvchida halovat yo‘qmi?
10:40 / 28.03.2024
1.72k
Yaqinda “OpenBudget” loyihasining navbatdagi mavsumi boshlangandi. Bu safar ovoz yig‘ish jarayonlari shiddat bilan ketmoqda.
Ammo ayrim hududlarda pedagog xodimlar ovoz yig‘ish ishlariga majburan jalb qilinayotganligi haqidagi xabarlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib turibdi.
“OpenBudget” loyihasining o‘tgan yilgi mavsumida ham o‘qituvchilarga ushbu loyihada ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga beeʼtibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Shundan so‘ng vazir Hilola Umarova “OpenBudget”da o‘qituvchilar majburiy tarzda ovoz yig‘ishga jalb qilinish holatini jiddiy o‘rganyotganini aytib, vaziyatni nazorat ostiga olgandi.
“Ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda ba’zi o‘qituvchilarga ushbu loyihada ovoz yig‘ish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga bee’tibor qarayotgan o‘qituvchilarga kerakli chora ko‘rish bilan tahdid qilinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan jiddiy o‘rganilmoqda” - degandi vazir H.Umarova
Bu yildan boshlab ochiq byudjet jarayonlariga “bir fuqaro – bir ovoz” tamoyilini joriy qilingach, ovozlar narxi ham ancha “qimmatlashgan”. Masalan, ayrim joylarda 10 ta ovozga qo‘zichoq, 50 taga buzoqcha, 100 taga ot, 1000 tasiga mashina va’da qilinmoqda.
Bu esa pedagoglar orasida pul yig‘ish, ayrim hollarda esa maktabdagi darsi qolib ovoz yig‘ishga jalb qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aslida “OpenBudget” loyihasini ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamagan. Chunki, ijtimoiy obyektlarni hukumat o‘zi shundoq ham ta’mirlab, jihozlab berishi kerak. Bu uning funksional vazifasi.
Aslida “OpenBudget” loyihasini ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamagan. Chunki, ijtimoiy obyektlarni hukumat o‘zi shundoq ham ta’mirlab, jihozlab berishi kerak. Bu uning funksional vazifasi.
Xo‘sh, pedagoglarning o‘zi “OpenBudget” loyihasidan rozimi? Marhamat, izohlarda o‘z fikringizni yozib qoldiring.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
13:51 / 14.11.2024
O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi
10:33 / 14.11.2024
8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi
22:26 / 13.11.2024
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
10:51 / 12.11.2024
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Ta'lim siyosati
"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi
15-oktyabr soat 10:00 dan ovoz berish berish jarayoni boshlandi
13:44 / 15.10.2024
“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘qituvchilar “Tashabbusli budjet” uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgan
12:01 / 11.09.2024
"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda
O'qituvchilarga dars bermaslik qo‘rqituvi bilan ovoz yig‘ishga majburlash yuz bermoqda
14:21 / 28.08.2024
Maktablar uchun eng zaruriy ehtiyojlar ro‘yxati tuzib chiqilganmi?
“OpenBudget” jarayoni juda ko‘p muammolarni ochib berdi.
09:00 / 05.04.2024
Izohingizni tahrirlang