Top.Mail.Ru
Xodimlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 19-iyungacha dam oladigan bo'ldi

Xodimlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 19-iyungacha dam oladigan bo'ldi

10:50 / 11.06.2024 8.26k
Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bayramining birinchi kuni 16-iyun— yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 5-bandiga ko‘ra Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3️ kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2024-yil 18-iyun — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Demak, Qurbon hayitida 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3️ kun (16-,17-, 18-iyun), 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4️ kun (15-, 16-, 17-, 18-iyun), ketma-ket dam olishadi. Ya’ni:

  • 15-iyun — shanba, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar (hududiy MMTB) uchun dam olish kuni. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan (ta’lim muassasalari) xodimlar uchun esa ish kuni.

  • 16-iyun — yakshanba, Qurbon hayitining birinchi kuni.

  • 17-iyun — dushanba, Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni  dushanba kuniga ko‘chiriladi.

  • 18-iyun — seshanba, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

  • 19-iyun — chorshanba, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.

Diqqat! Ayrim xususiy sektordagi ish beruvchilar bu bizga taalluqli emas, qo‘shimcha dam olish kuni hamma ishga chiqsin deb, g‘ayriqonuniy topshiriq bermoqda. Yuqoridagi holatlar mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar, ya’ni sodda qilib aytganda, budjet va xususiy tashkilotlar  uchun ham majburiydir.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mehnat ta'tili
  • Dam olish kunlari

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

MMTB metodistiga necha kunlik mehnat ta’tili berilishi kerak?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi barcha tashkilotlar o‘zlarining jamoa shartnomasi va boshqa ichki hujjatlarini Tarmoq kelishuviga muvofiqlashtirishi va xodimlarga mehnat ta’tilini berishda har 5 yil umumiy ish staji (boshqa tashkilotdagilarni ham inobatga olib) uchun 2 kalendar kun (jami 8 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan) har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.

12:47 / 03.09.2026
So'ragan edingiz

Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?

Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelib, prezidentning tegishli farmoni bilan barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.

11:55 / 18.05.2026
So'ragan edingiz

Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?

56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.

10:00 / 17.05.2026
So'ragan edingiz

Ta’lim muassasalarida 9-may munosabati bilan dam olish kunlari va ish vaqti qanday tashkil etiladi?

Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

15:50 / 08.05.2026