Top.Mail.Ru
Dars taqsimoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerak

Dars taqsimoti bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerak

14:44 / 12.07.2024 31.93k
Avgust oyidan boshlab pedagoglar o‘rtasida dars taqsimoti bo‘yicha qizg‘in jarayonlar boshlanadi.

Maktablarda adolatli dars taqsimoti masalasi kun tartibiga ko‘tarilgach, 2020-yilda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqilib, 3271-son bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Albatta, ushbu nizom juda ko‘p muammoli masalalarga yechim beroldi. Ammo hozirgi kunga kelib, nizomni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj mavjud. Chunki unda ayrim mavhum masalalar ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yadi.

Birinchi holat: Diplomi tan olinmagan pedagoglarga dars berish masalasidir. Ma’lumki, nizomning 15-bandida pedagog xodimlarga darslarni ustuvor ketma-ketlikda taqsimlash masalasi haqida gap ketgan.

15-bandning 17-xatboshida esa pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilarga ham dars berish mumkinligi aytiladi.

Ammo diplomi tan olinmagan fuqarolarga ish berish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24 -iyuldagi 620-son qarori talablariga zid hisoblanadi. Mantiqan olib qaraganda ham qanday qilib diplomi tan olinmagan fuqaroga dars berish mumkin?

Ikkinchi holat: Pedagog xodimlar maksimal miqdorda dars olish uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatgichlarning amal qilish muddati belgilab berilmagan.

Masalan, bir o‘qituvchi qachonlardir yil o‘qituvchisi tanlovida o‘rin olgan, yoki ancha yillar avval uning o‘quvchisi olimpiadada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, yoki bo‘lmasa respublika bosqichidagi qandaydir ko‘rik tanlovlarda ancha yillar avval g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, u o‘qituvchiga umrbod maksimal dars berilishi kerakmi?

Bu masala bo‘yicha nizomda aniq bir yechim berib ketilmagan. Buning oqibatida esa pedagoglar o‘rtasidagi dars taqsimoti borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Uchinchi holat: Ba’zi holatlarda ustuvor ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan barcha o‘qituvchilarga maksimal dars soatlari ajratilsa, ayrim o‘qituvchilarga dars soati yetmay qolishi yoki atigi bir soat dars ajratilish holati ham kuzatiladi. Bu esa mehnat qonunchiligiga zid bo‘lib qoladi.

To‘rtinchi holat: Nizomning 15-bandi, 13-xatboshida belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar haqida ham so‘z borgan, ammo bu masalaga ham to‘liq tushuntirish berilmagan.

Shuningdek, ko‘plab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar xalqaro sertifikatlar o‘qituvchining malaka toifadan ustun ko‘rsatgich sifatida qayd etilganiga ham e’tiroz bildirib kelishadi.

Beshinchi holat: Nizomda fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar nazarda tutilmagan.

Agar bu toifadagi kadrlar ta’lim muassasalarida dars beradigan bo‘lsa, dars taqsimotida nizoli holatlar kelib chiqishi mumkin.

Oltinchi holat: Hozirgi kunda ta’lim muassasalariga xorijdan o‘qituvchilar ham jalb qilib kelinmoqda. Lekin dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomda xorijdan kelgan pedagog kadrlarga darslarni taqsimlash borasida so‘z bormagan.

Umuman olganda, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qayta ko‘rib chiqilishi kerak deb hisoblaymiz.

Izohlar 13

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti
  • Taklif

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026
So'ragan edingiz

1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.

14:45 / 09.09.2026
So'ragan edingiz

Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi

Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18:08 / 05.09.2026
Yangiliklar

Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.

13:29 / 04.09.2026