Vazirlik maktab formasiga oid xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maktab formalarini majburiy joriy etilmasligiga doir xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi.
Axborot xizmati rahbari maktab o‘quvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumta’lim muassasalarining ichki nizomlarida belgilanganligini, ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmasligini ma’lum qildi.
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumta’lim maktabining bu boradagi o‘z ichki nizomlari qabul qilingan.
Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumta’lim muassasalarining ushbu ichki nizomlarida belgilangan. Ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, yurtdoshlarimizdan maktab formalarini majburiy joriy etilmasligiga doir tasdiqlanmagan xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi vazirlik Axborot xizmati bergan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqtaliminfo.uz tahririyati ham maktab formasiga oid mavzuda batafsil tushuntirish bergandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Bosh vazir Harakat dasturida ta’lim sohasiga ham to‘xtalib o‘tdi
Toshkentda o‘quvchilar orasida sintetik narkotik iste’mol qilish ko‘payayotgani aytildi
Respublikadagi 208 ta maktab harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga aylantiriladi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi
Buxgalter o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi
Endi o‘quvchilar maktabga istalgan kiyimda kelishi mumkinmi?
O‘quvchilar maktab Ustavida belgilangan formada kelishlari shart.
"O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda" — vazirlik
Bayonotda ayrim tafsilotlar ham ochiqlandi.
Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘ladimi?
Bu haqda hukumat to'rt marotaba qaror qabul qilgan.
Izohingizni tahrirlang