“Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika” fanlaridan dars beradigan pedagoglarga malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanadi
Ma’lumki, juda ko‘p hollarda “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalarini belgilashda turli xil tushunmovchiliklar uchrab turadi.
Shu sababli, mazkur qoidalarni turlicha talqin qilishning oldini olish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 27-may kungi 168-sonli buyrug‘i imzolangan.
Mazkur buyruqda quyidagilar qayd etilgan:
“Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fan (Science)”, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan;
“Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari o‘qituvchilari 5-6-sinflarda “Tabiiy fan (Science)” fanlaridan;
“Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilar 5-11-sinflarda “Tarbiya” fani bo‘yicha dars o‘tishlariga ruxsat berilgan.
Bunda:
“Tabiiy fan (Science)”dan dars beradigan “Boshlang‘ich ta’lim”, “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari o‘qituvchilariga amaldagi malaka toifasiga mos ravishda;
5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga “Tarbiya” fanidan malaka toifasi bo‘lmagan hollarda amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanadi.
“Tarbiya” fanidan dars o‘tish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarda bir vaqtning o‘zida “Tarbiya” hamda tegishli fanlardan malaka toifalari bo‘lsa, bunda “Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu fan bo‘yicha malaka toifasi tatbiq etiladi va mos ravishda haq to‘lab beriladi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi
Avval bunday imkoniyat mavjud emasdi
Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda
Bu haqda vazirlik tahririyatga ma'lum qildi
Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmayotgan o‘qituvchilar nima qilishi kerak?
Muammoni hal etish uchun ishchi gurih tuzilgan
Attestatsiya test sinovini boshqa kunga ko‘chirsa bo‘ladimi?
Test bo‘ladigan kunga to‘y marosimi to‘g‘ri kelib qoldi
Izohingizni tahrirlang