Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?
Savol
Stajyor-o‘qituvchiman. Joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovida ozgina ball yetmay qolgandi.
Shu sababli, navbatdan tashqari o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovida qatnashgandim. Lekin bu safar ham yetarli ballni to‘play olmadim. Endi kelasi yilgacha ishlab tursam bo‘ladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, kasbiy sertifikat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi.
56 balldan kam ko‘rsatkichga ega talabgor esa nazorat sinovidan o‘tmagan hisoblanadi va ularga navbatdan tashqari kasbiy sertifikat sinovlarida qatnashishi uchun yangi o‘quv yili boshlangunga qadar yana bir marta imkoniyat beriladi.
Lekin navbatdan tashqari nazorat sinovida ham ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi belgilangan.
Bunda ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan talabgor tugatgan oliy ta’lim tashkilotiga talabgorning kasbiy sertifikatlashdan o‘ta olmaganligi to‘g‘risida e’tiroznoma (reklamatsiya) yuboradi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, stajyor-o‘qituvchi ikkinchi marotaba ham kasbiy sertifikat sinovidan o‘tolmagan bo‘lsa, u maktabda ishlay olmaydi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?
Talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma'lumotli shaxs hisoblanadi.
Yangiliklar
Endi ayrim psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi
Endilikda yangi ishga kirgan yoki attestatsiyadan o‘tolmagan psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi.
Bilasizmi?
Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
So'ragan edingiz
Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang