O'qituvchi va tarbiyachilarni konkurs asosida ishga qabul qilish taklifi ilgari surilmoqda
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu yilgi saylovoldi dasturida bog‘cha va maktablarga tarbiyachi va o‘qituvchilarni konkurs asosida ishga qabul qilish tartibini joriy etish, “Yangi avlod pedagoglarini tayyorlash Davlat dasturi”ni qabul qilish tashabbuslarini ilgari surayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Daryo.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Partiya raisining aytishicha, o‘qituvchi-pedagoglarni ishga qabul qilish masalasi bugungi kungacha o‘zining munosib yechimini topmagan. Ta’lim-tarbiya sifati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan munosib pedagog kadrlarni ishga olish, bu bo‘yicha shaffof tizimlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi-pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qilishga asoslangan shaffof tizim joriy etilmaganligi o‘z-o‘zidan ta’lim sifatiga ta’sir qiladi.
“Tarbiya va ta’lim islohotlarning eng ustuvor masalasi sifatida qabul qilingani holda keragicha mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, vazirlik bu borada yetarlicha ishlar qilyapti, deb bo‘lmaydi. Bu fikrga bog‘cha va maktablardagi o‘zgarishlar nihoyatda sust yoki depsinish holatida kechayotgani ham misol bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri, mas’ullar tarbiya va ta’limda natija ko‘rinishi uchun vaqt kerakligini aytishmoqda. Lekin vaqti kelib natijalar ko‘rinishi uchun bugun tizimli ishlar olib borilishi kerak. Masalan, bog‘chalarimizdagi 126 ming tarbiyachining 48 mingi oliy ma’lumotli, xolos.
Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin, ya’ni tarbiyaning hal qiluvchi bosqichi kimlarning qo‘lida? Yigirma yil ishlab, malaka topmagan yoki qo‘lida diplomi bilan sohada adashib yurganini juda yaxshi biladigan, boshqa ish chiqqunicha bog‘cha yoki maktabda kun sanab yurganlarning malakasini oshirish uchun pul sarflashdan ma’no bormi?
Tarbiyachi ham, o‘qituvchi ham ish o‘rnini yo‘qotmasligi uchun o‘z ustida ishlashi, ish beruvchi oldida o‘zining malakali kadr ekanini isbotlashi kerak. Bu xarajatlarni kamaytirish, maoshlarni jozibali qilish uchun qo‘shimcha manba yaratadi, tarbiyachi va o‘qituvchilarni raqobatbardosh qiladi, pirovardida esa tarbiya va ta’lim sifatini oshiradi”, - deydi A.Qodirov.
Shuningdek, bugungi kunda adliya tizimida munosib kadrlarni ishga qabul qilish, bu bo‘yicha zamonaviy AKT, elektron platformalarni joriy etgan holda shaffof ishga qabul qilish tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganligi, lekin nima uchun tegishli mas’ullar ta’lim-tarbiya tizimida bu jihatlarga yetarli darajada e’tibor qaratmayotgani, bu borada belgilangan vazifalar ijrosi kechikayotgani ta’kidlandi.
“O‘z saylovoldi dasturimizda bu masalaga alohida e’tibor qaratgan holda bog‘cha va maktablarga tarbiyachi va o‘qituvchilarni ishga qabul qilish masalalarini tartibga solishga qaratilgan o‘z tashabbuslarimizni ilgari suryapmiz”, - deya fikrini yakunlandi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi A.Qodirov.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.
Ta'lim siyosati
2030-yilgacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Joriy yilning 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati borligini ta’kidlaganidan keyin, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang