Qiymati 11 mln AQSh dollari bo‘lgan pedagoglar malaka oshirish markazi quriladi
21:26 / 10.09.2024
2.94k
Kecha, 10-sentyabr kuni vazir Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Prezidenti Chang Von Sam tomonidan Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi.
Umumiy qiymati 11 million AQSh dollari bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 500 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, yiliga 4000 nafar pedagog malakasini oshirishga mo‘ljallangan markaz faoliyat boshlashi reja qilinmoqda.
Ushbu muassasa 5 ta kompetensiyani – intellektual, ma’naviy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or o‘yin texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida:
- erta yoshda ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash;
- shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv dasturlari bo‘yicha tayyorlangan pedagoglar sonini ko‘paytirish;
- maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kabi ko‘rsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish kutilmoqda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:50 / 15.05.2026
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
14:01 / 15.05.2026
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
19:03 / 14.05.2026
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
11:20 / 12.05.2026
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
16:50 / 15.05.2026
Yangiliklar
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
09:30 / 10.05.2026
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Senatorlar mazkur sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, vazirlik mas’ullarini so‘roqqa tutdi.
13:00 / 07.05.2026
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
17:20 / 06.05.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang