Poskast
“Tanaffus” podkastimizning ikkinchi sonida pedagoglar uchun dolzarb va qiziqarli bo‘lgan mavzu - attestatsiya, test jarayonlari haqida suhbat qurdik.
Ushbu sonimizga maxsus mehmonlar sifatida Ta’limni rivojlantirish respublika markazi mas’ul xodimi Rashidjon Tojiboyev hamda Olmazor tumanidagi 29-IDUM o‘qituvchisi G‘ofurjon Dehqonovlar tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida ular pedagoglarning attestatsiya jarayonlari, test tizimlari va bu jarayonlarning o‘qituvchilarga qanday ta’sir qilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi.
“Tanaffus” podkastining keyingi sonlarida ham ta’lim tizimiga oid dolzarb mavzularni muhokama qilishda davom etamiz. Attestatsiya jarayonlari bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, podkastimizni tinglab, bu haqda ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Yangiliklar
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang