Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda

Milliy gvardiyaning bolalar bilan ishlash bo‘yicha inspektor-psixologlari vakolatlarini mustahkamlash bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.
Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga doir vakolatlarini Milliy gvardiya organlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bunda, Milliy gvardiyaning bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi, shu jumladan, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik, shuningdek, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlarini mustahkamlovchi o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
“Qonun loyihasi Milliy gvardiya organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirishga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilib, Milliy gvardiya mas’ul xodimi maktab hududidagi ko‘ngilsiz hodisalar hamda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida maktab qorovullari uchun qo‘shimcha talablar joriy qilingandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Pravasiz” avtomobil boshqargan o‘quvchi YTH oqibatida vafot etdi

Maktabga bormay sotuvchilik qilib yurgan o‘quvchi oradan ikki oy o‘tib nazoratga olindi

Fuqarodan jabr ko‘rgan o‘qituvchiga sog‘ligini tiklab olishi uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Direktor o‘rinbosarlari ham ishdan olinadi

O‘quvchilar huquqbuzarligi uchun Milliy gvardiyaga jazo qo‘llash vakolati beriladi
Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi

Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti
Lekin hind maktablaridagi umumiy davomat ko‘rsatgichi 99.59% ni tashkil etgan

Maktablarda sanitariya sharoitlari yo‘qligi sabab, har 14 ta qizdan bir nafari maktabga bormaydi
O‘quvchilar davomatiga ta’sir qiluvchi omillar
Izohingizni tahrirlang