2025-yilda ta’lim uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda 2025-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rejalar ham ko‘rib chiqilib, 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Yig‘ilishda ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta’limga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish ta’kidlandi.
Ma’lumki, 2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 47 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan. Bunda MMTV davlat byudjetidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. (Birinchi o‘rinda Iqitisodiyot va moliya vazirligi — 92 trln)
2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun byudjet mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlangan
- Rivojlantirish dasturlari uchun — 5 trln 449 mlrd 152 mln;
- Maktab darsliklarini yangilash uchun 1 trln 511 mlrd;
- Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga — 250 mlrd;
- Vazir jamg‘armasiga — 100 mlrd;
- Xorazm viloyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini planshetlar bilan ta’minlash uchun — 63 mlrd 636 mln;
- Vazirlik tizimidagi muassasalarni sport jihozlari bilan ta’minlash uchun — 62 mlrd 79 mln;
- Maktablarni milliy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash uchun — 60 mlrd;
- Maktablardagi ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun — 200 mlrd;
- Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan bog‘chalar uchun subsidiyalarga — 3 trln 38 mlrd 200 mln;
- “OpenBudget”da 1.5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun — 164 mlrd 237 mln;
- Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga — 754 mlrd 108 mln so‘m.
Ma’lumot uchun: Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining joriy yilgi budjeti jami 46,6 trillion so‘m bo‘lib, uning 84,7 foizi yoki 36 trillion so‘mi (oyiga 3 trillion so‘m) ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularni 545 ming o‘qituvchi va 200 ming nafar pedagog qabul qiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Xususiy maktab va universitetlarda ichki ishlar inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
2025-yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari 84,2 trillion so‘mga yetgan. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan qariyb 44,5 trillion so‘mga ko‘p.
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
Prezident To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmaganini aytdi.
So'ragan edingiz
36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?
Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha, qishloq hududlarida esa 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno) komplektlanadi.
Yangiliklar
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
2026-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim tizimiga ajratilgan mablag‘lar bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash, darsliklar chop etish, pedagoglarni rag‘batlantirish va malakasini oshirish, maktablarni jihozlash hamda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga sarflandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang