Toshkentdagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi
Toshkentning Mirobod tumanidagi 214 hamda 65-sonli maktabda virusli gepatit kasalligi aniqlandi. Shu bois ushbu maktablarda epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati o‘tkazildi. Bu haqda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 214- hamda 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida virusli gepatit kasalligi aniqlanganligi sababli epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati o‘tkazildi.
Nazorat davomida:
- o‘quvchilar va ishchi xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik xulosalari;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
- maktab binosida, sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
- isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilganligi;
- hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinganligi hamda qo‘l yuvish moslamalari va oqava suv tizimining soz holatdaligi to‘liq o‘rganilib, tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda sanitariya sharoitlari yo‘qligi sabab, har 14 ta qizdan bir nafari ma'lum bir davrda maktabga bormasligi haqidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qilgandik.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Maktablarning 95 foizida hojatxonalar tashqarida joylashgan, 79 foizi isitish uchun ko‘mirdan foydalanadi.
Yangiliklar
30-oktyabrdan maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 30-oktyabrdan boshlab Toshkent shahridagi maktablarda tibbiy niqob taqish tartibi joriy etilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy shifokor ko‘rigiga olib borishni tavsiya etgan holda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini eslatib, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang