Top.Mail.Ru
Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi

Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi

22:50 / 24.03.2025 3.85k

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgandi.


Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming so‘m etib belgilangan.


Bunda pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori 577 ming 500 so‘mni tashkil etardi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.


Ya’ni, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 577 ming 500 so‘m emas, balki 866 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mukofot puli

Ulashish