Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgandi.
Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming so‘m etib belgilangan.
Bunda pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori 577 ming 500 so‘mni tashkil etardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.
Ya’ni, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 577 ming 500 so‘m emas, balki 866 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi

Maktablar atrofida xavfli konfet tarqatilmoqdami?
Mavzuga doir yangiliklar

Pedagoglarga qancha mukofot puli to‘lanishi kerak?
525 ming yoki 577 ming 500 so‘m?

Maktabdagi 100 foiz o‘qituvchilarga mukofot puli bersa bo‘ladimi?
Pedagoglarni mukofotlash Ishchi guruh qarori asosida amalga oshiriladi

Yangi ishga kirgan, dekretdan qaytgan yoki ta’tildagi pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkinmi?
Ular mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin

Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berib bo‘lmaydimi?
Ustama tayinlangan pedagog xodimga mukofot puli bermaslik to‘g‘risida hech qanday qoida belgilanmagan.
Izohingizni tahrirlang