Nechta o‘qituvchiga 70 foizlik ustama berilishi aniq bo‘ldi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonining 3-v-bandida malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilangandi.
Bunda, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi nazarda tutilgan. Keyinroq Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 130-son qarori imzolandi.
Ammo pedagog kadrlarga malaka toifasi beradigan tizim xalqaro akkreditatsiyadan aynan qachon o‘tishi noma’lumligicha qolgandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda malaka test sinovlarida 5 095 nafar pedagog 86 va undan yuqori natija qayd etgani aytilib, ushbu pedagoglar ichidan oliy hamda birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan (4 163 nafar pedagogga) Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori asosida 70 foizlik ustamalar tayinlanishi ma’lum qilindi.
Xalqtaliminfo.uz'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi xalqaro tashkilot tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. (Hozircha tizim aynan qaysi xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgani ma’lum emas.)
Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyati hamda pedagog kadrlarga malaka toifasi beruvchi tizim tegishli xalqaro tashkilot tomonidan xalqaro standartlarga mos deb topilgan va vazirlikka 2025-yil 23-aprel kuni xalqaro akkretidtatsiya to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilgan.
Endilikda, 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan 5 095 nafar pedagoglar orasidan oliy hamda birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan 4 163 nafar pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ldi.
Eslatma: Bu raqamlar apellyatsiya jarayonlari yakunlangach hamda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmaganlar uchun o‘tkaziladigan sinovlardan keyin yana o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumot uchun: Xalqtaliminfo.uz tahririyati Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyati hamda pedagog kadrlarga malaka toifasi beruvchi tizimni aynan qaysi xalqaro tashkilot akkreditatsiyadan o‘tkazgani yuzasidan vazirlikka rasmiy so‘rov yubordi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Toshkentdagi 3 ta maktabga 1 milliardga yaqin pul ajratildi

Xalq ta’limi Info tahriryati rahbari Bolalar ombudsmani bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
Izohingizni tahrirlang