Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
Savol
Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Kuzgi attestatsiyada 94 ball bilan oliy toifa hamda 70 foizlik ustamani oldim.
Biroq, menga qishki tarifikatsiya qilinganda 70 foizlik ustama faqat o‘qish savodxonligi, matematika va ona tili dars soatlariga to‘lanib, 2 soat informatika hamda 1 soat musiqa faniga amal qilinmaydi deb, oyligimni kam hisobladi.
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur Farmonning 3-v-bandida pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, bunda xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, ushbu qoida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarorida ham o‘z aksini topgan.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 21-bandiga ko‘ra Pedagog xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar, shu jumladan mavjud sertifikatlari uchun to‘lanadigan ustamalar, tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lab beriladi.
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 3271) nizomga ko‘ra:
- bazaviy tarif stavkasi ― bir stavka dars soati uchun o‘qituvchining ma’lumoti va malaka toifasiga ko‘ra belgilangan bazaviy haq miqdori;
- o‘qituvchining tarif stavkasi ― o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor.
Bunda xalqaro standartlar asosida malaka toifasi sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Ya’ni, 70 foizlik ustamani qo‘lga kiritgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga mazkur ustamalar uning tarif stavkasining amaldagi miqdoridan kelib chiqqan holda u o‘tayotgan barcha dars soatlari uchun to‘liq to‘lab berilishi lozim.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Xususiy ta’lim tashkilotlari “xavf darajasi” bo‘yicha baholanadi
O‘zbekistonning ayrim oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelmoqda
Ayol pedagoglar uchun voleybol o‘tkazilib, g‘oliblarga “Damas” avtomobili va 150 mln so‘mgacha pul beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang