15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarni umrbod attestatsiyaga jalb qilmaslik taklifi kimdan chiqqan bo'lsa, ana o'shalar tushuntirish bersin

23:32 / 26.01.2024
1.57k
Pedagog xodimlar attestatsiyasi bo‘yicha yana tushunmovchiliklar bo‘lyapti. Ya’ni, 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan juda ko‘plab o‘qituvchilar biz ham attestatsiyaga jalb qilinamizmi yoki yo‘q demoqda. Yodingizda bo‘lsa, 2021-yil 17-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Ana o‘shanda nizomning 6-band, 2-xatboshida ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali o‘qituvchilar umrbod attestatsiyaga jalb qilinmasligi aytilgandi. Bundan o‘qituvchilar juda xursand bo‘lishdi. Ammo ularning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi.
Chunki, 2022-yil 2-avgustda Vazirlar Mahkamasining 425-son qarori bilan 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganlar emas, balki oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlargina navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilandi.
Keyin shu yerda bir muammo kelib chiqdi va ko‘pchilik 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar endi nima qiladi degan savollar bera boshladi.
Shundan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi alohida xat chiqarib, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emasligi, shu sababli 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifa ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini aytdi.
Ana endi hozirga kelib, 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lib olgan pedagoglar ham bu yil attestatsiyaga jalb qilinishi aytilmoqda ekan. Aslida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarni umrbod attestatsiyaga jalb qilmaslik taklifi bilan chiqishib, yo‘q joydan muammo chiqarishdi. Masalaga o‘ta sayoz qarab, qaror qabul qilishgan.
O‘sha taklifni kim bergan bo'lsa, mana shu mavzuda yaxshilab dars o‘tib berishini xohlardim. Muammoni yaratib qo‘yib, ko‘pchilikni chalg‘itishdi. Bu mavzuda nimadir yozgani ham qo‘rqib qoldi odam. Nimadir yozsangiz, yozilmagan "qonunlar" paydo bo‘lib qoladi darrov. O‘zi bizni tizimda bitta normativ hujjat chiqsa, uni ketidan bir nechta tushuntirish xati chiqarish odatga aylanib qoldi. Bizga hozir yana bitta shunaqa xat kerak bo‘lyapti...
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

15:29 / 03.09.2025
Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

17:30 / 31.08.2025
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi

10:00 / 30.08.2025
Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi

18:11 / 30.08.2025
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil 202 ming nafardan ortiq pedagoglar attestatsiyada ishtirok etadi
Attestatsiyaga 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilmoqda.
13:00 / 02.04.2024

Attestatsiyadan norozi bo‘lgan o‘qituvchilar ishi sudda ko‘rib chiqildi
Da’vogarning aytishicha, ular imtihon jarayonida test savollarni ishlab bo‘lganidan so‘ng qaysi savolga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berganini bila olmagan, shuningdek ularga yetarli sharoitlar yaratib berilmagan.
11:26 / 27.08.2025

Yana 4 nafar o'qituvchi vazirlikni sudga bergani uchun bosimga uchragani aytilmoqda
Mazkur sud ishi bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan pedagoglardan ularga nisbatan jiddiy bosim bo‘lgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi.
13:40 / 17.08.2025

Vazirlikni sudga bergan o‘qituvchilarga bosim bo‘lgani aytilmoqda, ular da’vo arizasini qaytarib olmoqchi
5 nafar o‘qituvchilarning 2 nafari bosim tufayli da’vo arizasini qaytarib olgan, qolgan 3 nafari ham turli xil bosimlarga uchragani sababli, sudga kiritgan da’vo arizalarini qaytarib olish istagida ekanligi aytilmoqda.
08:10 / 13.08.2025
Izohingizni tahrirlang