Top.Mail.Ru
Vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun saralash imtihonlari — fotogalereya

Vazir ustamasiga da’vogar pedagoglar uchun saralash imtihonlari — fotogalereya

20:40 / 02.02.2024 1.62k

Joriy yil 19-fevral kuni Profi University Navoiy filiali binosida vazir jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘ldi. 

Nomzod pedagoglarga o‘zlari dars beradigan fanlari boʻyicha 40 ta savoldan iborat test berildi. Test sinovlari uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 daqiqa vaqt ajratildi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball beriladi.

1-bosqich test sinovi natijasiga koʻra maksimal ballning 80 foizidan past natija koʻrsatgan nomzodlar saralashning ikkinchi bosqichiga qoʻyilmaydi, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar 2-bosqichga yoʻl oladi.

1-bosqich test sinovlari natijasiga koʻra maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan pedagoglarning natijasi 2-bosqichga chiqishiga asos sifatida foydalaniladi va ushbu natija 2-bosqich boʻyicha olgan natijasiga qoʻshilmaydi. 2-bosqichda — kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

Profi University Navoiy filiali binosida bolib otgan test sinovi jarayonlari shaffof va adolatli tarzda otkazildi. Maʼlumot uchun, Profi University oliy taʼlim muassasasi rektori O.A.Filippov hamda Navoiy viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Z.Hayitova o‘rtasida maktabgacha va o‘rta ta'lim tashkilotlarida o‘quv-uslubiy, ta'lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik memorandumi yuzasidan qo‘shimcha istiqbolli masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Fotogalereya bilan tanishing





















Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • vazir jamg'armasi

Ulashish