Vazirlik ko‘zi ojiz o‘qituvchilar muammosi bo‘yicha ma’lumot berdi
16:30 / 22.02.2024
4.44k
Bugun xalqtaliminfo.uz saytida e’lon qilingan “Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarni ham kimdir eshitadimi?” nomli maqoladan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova xalqtaliminfo.uz tahririyati bilan bog‘lanib, vazirlikka aloqador bo‘lgan muammolar bartaraf etilganini bildirdi.
Ko‘zi ojiz o‘qituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) lavozimining malaka tavsiflari bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchiliklar bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari”ga ko‘ra ko‘zi ojiz o‘qituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) kerakligi qayd etilgan. Bundan tashqari, tarjimon kotiba lavozimi uchun chet tili mutaxassisligi talab etilgandi.
MMTV 16.08.2023 247-son 4-ilova
Vazirlik Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning aytishicha, ko‘zi ojiz o‘qituvchiga biriktiriladigan tarjimon kotiba (referent) lavozimining malaka tavsiflari belgilanishida texnik xatolik sabab shunday muammo yuzaga kelgan. Keyinchalik bu muammo tezkorlik bilan bartaraf etilib, hududlarga vazirlikning 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari”ning qayta tahrirlangan varianti yetkazilgan.
MMTV 16.08.2023 247-son 4-ilova tuzatish kiritilgan varianti
Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ishlaydigan maktablarda qo‘shimcha tarjimon-kotiba lavozimi shtat birligi kiritilishi bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammo esa manzilli tartibda o‘rganilib, aynan qaysi maktablarda shu kabi muammolar kuzatiladigan bo‘lsa, buni bartaraf etish choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi. Shu o‘rinda bu kabi muammolarga duch kelayotgan ko‘zi ojiz o‘qituvchilar xalqtaliminfo.uz tahririyatiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga Milliy sertifikat jarayonida ishtirok etish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish masalasi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hal etilishi lozim. Demak, endi agentlik munosabatini kutib qolamiz.
Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga Milliy sertifikat jarayonida ishtirok etish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish masalasi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan hal etilishi lozim. Demak, endi agentlik munosabatini kutib qolamiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
17:16 / 15.10.2026
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
18:10 / 14.10.2026
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
12:40 / 14.10.2026
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
15:29 / 13.10.2026
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim o‘zgarish joriy etildi. Endilikda har bir ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun alohida shaxsiy assistent (tarjimon-kotiba) shtat birligi ajratiladi.
10:20 / 07.08.2026
Yangiliklar
Toshkent shahar MMTB bir maktabda 54 ta jinoyat sodir etilgani haqidagi xabarni asossiz deya bayonot berdi
Boshqarmaning aytishicha, bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmaydi
19:24 / 29.11.2024
Yangiliklar
"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi
Buxgalter o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi
18:03 / 03.10.2024
Yangiliklar
Vazirlik maktab formasiga oid xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi
Maktab o‘quvchilarining formada kelish tartibi ichki nizomlarida belgilangan.
16:44 / 03.08.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang