O‘quvchilar sochining uzunligi hatto qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan
Navoiy shahridagi
2-umumta’lim maktabida o‘g‘il bola o‘quvchilarning ommaviy ravishda sochi
olinishi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biz esa o‘quvchilar
sochi uzunligi bo‘yicha qonunchilikda belgilab qo‘yilgan ayrim normalarni o‘rganishga
harakat qildik.
Aslida sochning uzun yoki
kaltaligi ta’lim sifatiga bog‘liq bo‘lmasada, lekin ayrim amaldorlarimiz o‘quvchilar
sochi o‘sib ketishiga katta xavotir bilan qaraydi. Aksariyat hollarda sochi uzun o‘quvchilarga
tartibsiz, maktab tartib-qoidalariga bo‘ysinmaydigan, ta’lim olishdan bo‘yin
tovlaydigan boladek munosabatda bo‘lishadi. Vaziyat shu darajagacha
yetganki, o‘quvchilar sochining uzunligi hatto qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.
Xabaringiz bo‘lsa, 2018-yil 15-avgustda Vazirlar
Mahkamasining 666-son qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi
to‘g‘risidagi” nizom tasdiqlangandi.
Mazkur nizomning 7-bandida o‘g‘il bola o‘quvchilarning
sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lmasligi nazarda tutilgan. Undan tashqari o‘g‘il
bola o‘quvchilar nizom talablariga ko‘ra soqol qo‘ygan va sochini yorqin
ranglarga bo‘yagan holda ta’lim muassasasiga kelishlariga taqiq qo‘yilgan. Shuningdek, barcha o‘quvchilar ta’lim muassasasi
binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozimigi belgilangan.
Nizomda o‘quvchilar
tomonidan maktab formasini kiyishda ham alohida talablar belgilangan bo‘lib, kiyimlarning
o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi, qizlar uchun yubkaning uzunligi
tizzadan kamida 5-15 santimetrdan pastda bo‘lishi, oyoq kiyimlar poshnasining 3
santimetrdan baland bo‘lmasligi hatto ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta
tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi ham belgilab
berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 666-son qarori imzolanishi jamoatchilik
tomonidan salbiy qarshi olindi. Natijada esa yagona maktab
formasi bo‘yicha hukumat to‘rt marotaba qaror qabul qilishga majbur bo‘ldi.
2019-yil may oyida o‘sha
davrda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari
lavozimida ishlagan Saida Mirziyoyeva maktab formasini majburiy qilishdan ko‘ra
maktablardagi boshqa muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, majburiy
maktab formasi talab qilinishiga hali erta deb aytdi.
Shundan so‘ng 2019-yil 19-iyun
kuni Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
509-sonli qarori qabul qilinib, yagona maktab formasi 2019/2020-o‘quv yilidan
emas, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladigan bo‘ldi.
2022-yilning 19-may kuni
esa hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024/2025-o‘quv yilidan
emas balki, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘lishi haqida qaror
qabul qilindi.
Keyinchalik esa
ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi
bo‘yicha turli-xil e’tirozlar bildirildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga
olinib, Vazirlar Mahkmasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish
talabi rasman bekor qilindi va yagona forma 2025-yilga qadar bosqichma-bosqich
joriy etiladigan bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 666-son qarori ko‘pchilikning e’tirozlariga
sabab bo‘lgan bo‘lsada, uning asosiy bandlari hali ham o‘z kuchida. Balki qonunchilikda o‘g‘il bola o‘quvchilarning sochi uzunligiga qo‘yilgan bu
kabi talablar hali ham mavjudligi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan “sochga qarshi kurash”ga sabab bo‘layotgandir.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
Yangiliklar
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ta'lim siyosati
O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang