Top.Mail.Ru
“Open Budget”ga pedagoglarni majburiy tarzda jalb qilganlarga 34 million so‘mlik jarima qo‘llaniladi

“Open Budget”ga pedagoglarni majburiy tarzda jalb qilganlarga 34 million so‘mlik jarima qo‘llaniladi

11:00 / 20.03.2024 651
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budget” uchun ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganlik holatlari yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.

“Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 6-bandiga binoan, budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi.

Bunda majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. 
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga ko‘ra mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilsa, ish beruvchiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ya’ni bu — agar maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxs har qanday shaklda pedagog xodimlarni  “Open Budget” uchun ovoz yig‘ishga majburlasa va bu holat tasdig‘ini topadigan bo‘lsa, uni 34 million so‘mdan 51 million so‘mgacha bo‘lgan jarima kutib turibdi degani.

Agar xuddi shu holat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • OpenBudget
  • Javobgarlik

Ulashish