“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra:
- homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan.
Ammo “UzASBO-2” tizimiga o‘tilgach, mana shu jarayonda bir muammo vujudga keldi. Ya’ni, ba’zi pedagog xodimlarda “dekret” ta’tilidan erta qaytish hollari ham kuzatilib turadi.
Masalan, ba’zi ayol pedagoglar bolani parvarishlash ta’tili tugamay turib, o‘z xohishiga ko‘ra ishga qaytadi. Bunda esa, bola parvarishlash ta’tili muddati ba’zilarda bir yil, ba’zilarda ikki yil qolgan bo‘lishi ham mumkin.
Bunda esa o‘z-o‘zidan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha pedagog xodim attestatsiya test sinovlariga jalb qilinmay, unga amaldagi malaka toifasi bo‘yicha haqi to‘lanishi lozim bo‘ladi.
Avvallari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tarifikatsiya jarayonida bunday holatni mustaqil ravishda bartaraf etardi. Lekin “UzASBO-2” tizimiga o‘tilgach, “dekret” ta’tilidan vaqtliroq qaytgan ayrim pedagoglarning malaka toifasi sertifikati muddati tugaganligi bois platforma buni qabul qilmay, natijada pedagog xodimga mutaxassis toifasi bo‘yicha haq to‘lashga to‘g‘ri kelayotgandi.
Misol uchun, pedagog xodim 2018-yilda malaka toifasini olgan, 2022-yilda esa “dekret” ta’tiliga chiqib ketti. 2023-yilda esa uning malaka toifasi sertifikatining muddati tugadi.
Xodim esa 2023-yilda, bola parvarishlash ta’tili muddati to‘liq tugamasdan ishga qaytdi. Nizom talabi bo‘yicha, bu xodimni attestatsiyaga jalb qilish mumkin emas. Shunday holatda sertifikat muddatini o‘zgartirish imkoniyati mavjud emasdi.
Endilikda hududlarda tuzilgan ishchi guruhlar yordamida “dekret”dan erta qaytgan pedagoglar malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Sardor Rahimboyev xalqtaliminfo.uz’ga ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, endilikda “dekret” ta’tilidan vaqtliroq qaytgan pedagog xodimlar hududlarda tuzilgan ishchi guruhlarga murojaat qilib, bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etgan holda malaka toifa sertifikati muddatini uzaytirishi mumkin bo‘ladi.
Ishchi guruh haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi

Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi

Bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Yangi yildan ayrim direktorlar 12 mln, o‘rinbosarlar esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar

Endilikda qaysi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinishi belgilandi.

Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Shu vaqtga qadar ular attestatsiyaga jalb qilinmagandi

Qanday holatda 15 yillik ish stajiga ega o‘qituvchining toifasi umrbod saqlanadi?
Bu haqda Bosh vazirning ko‘rsatmasi mavjud

O‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tolmasa, amaldagi toifasi tushiriladimi?
Pedagoglar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin
Izohingizni tahrirlang