Sobiq maktab direktori deputat etib saylanmasa, ishiga qayta tiklanadimi?
Savol
Mening bir tanishim parlament deputati. Deputat bo‘lgunga qadar maktab direktori lavozimida ishlagan. Agar u bugun o‘tayotgan saylovlarda yetarli ovoz to‘plolmay, qayta saylanmasa nima bo‘ladi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga asosan, deputatlarga vakolati muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar beriladi. Vakolat muddati tugagach, deputatga o‘zining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin.
Deputat ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, deputatning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 168-moddasining 9-bandiga muvofiq bekor qilinadi.
Xulosa shuki, tanishingiz saylovdan o‘tolmasa unga oldingi ish joyi direktor lavozimi beriladi yoki o‘z xohishiga ko‘ra yuqoriroq lavozim beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
Nima uchun Hilola Umarova vazir lavozimiga qaytadan tayinlandi?
Ko‘pchilikda nima uchun Hilola Umarova yana qaytadan lavozimiga tayinlandi degan savol tug‘ilishi tabiiy hol
Yangiliklar
Vazir Hilola Umarova o‘z ish faoliyatini davom ettiradimi?
U parlament saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surgandi
Yangiliklar
Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi
U saylov o‘tkazish qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘ygan
O'zbek
Izohingizni tahrirlang