2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonida 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun mas’ul etib Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova belgilangan. Ya’ni, vazirlik hech qanday vajlarsiz mazkur topshiriq ijrosini 1-yanvardan boshlab bajarishi shart qilib qo‘yilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga muvofiq milliy sertifikatga ega bo‘lgan ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga to‘lanadigan ustama miqdori 20 foizni tashkil etadi.
2025-yildan boshlab esa ushbu ustamalar miqdori 50 foizga oshirilishi belgilangan.
Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama to‘lash to‘g‘risida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTBlarga ko‘rsatma xati yuborgan.
Izohlar 10
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda

Vazirlik attestatsiya bo‘yicha yana bir sud ishida javobgar sifatida ishtirok etadigan bo‘ldi

Yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Pedagoglar murojaati o‘z joyida hal etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.

Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berib bo‘lmaydimi?
Ustama tayinlangan pedagog xodimga mukofot puli bermaslik to‘g‘risida hech qanday qoida belgilanmagan.

O‘qituvchi ikkita maktabda ishlasa, ikkala maktabdan ham toifa va sertifikat uchun ustama oladimi?
O‘qituvchining lavozim maoshi bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi

Pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lashdagi muammolar ijobiy hal etilmoqda
Farg‘ona viloyatidagi ayrim hududlarda 70 foizlik ustama belgilangan pedagoglarga mazkur ustamalarni to‘lab bermaslik holatlari qayd etildi. Mazkur muammolar esa xalqtaliminfo.uz hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi aralashuvidan keyin ijobiy hal etildi.
Izohingizni tahrirlang