Ona tili, o‘zbek tili, tarix va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama qay tartibda to‘lanadi?

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37–son Farmoni 12-bandiga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatga ega “Ona tili va adabiyot” hamda “Tarix” fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanishi belgilangan.
Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyoti) sertifikatlari uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Bunda:
- Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lgan maktablarda dars beruvchi pedagoglarga o‘zbek tili va adabiyoti sertifikati uchun ona tili va adabiyot faniga;
- Ta’lim tili rus tili bo‘lgan maktablarda dars beruvchi pedagoglarga rus tili va adabiyoti sertifikati uchun ona tili (rus tili) va adabiyoti faniga;
- Ta’lim tili qoraqalpoq tili bo‘lgan maktablarda dars beruvchi pedagoglarga qoraqalpoq tili va adabiyoti sertifikati uchun ona tili (qoraqalpoq tili) va adabiyoti faniga tegishli dars soatlari uchun ustama to‘lanadi.
Ya’ni yuqoridagi Farmon talablaridan kelib chiqib, ona tili va adabiyoti hisoblangan fanlar uchun dars berayotgan o‘qituvchilarga fan soatlari uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda dars beruvchi ustozlarga sinflar kesimida quyidagi fan soatlari uchun 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi:
- 1-sinfda o‘quv yilining 1-2-choraklarida 4 soat “Alifbe”, 4 soat “Yozuv”, 3-4-choraklarida 4 soat “Ona tili”, 4 soat “O‘qish savodxonligi” fani;
- 2-4-sinflarda 4 soatdan “Ona tili”, 3 soatdan “O‘qish savodxonligi” fani.
2025-yil 1-fevraldan boshlab
Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o‘zbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ham ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilandi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita

Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?
Mavzuga doir yangiliklar

Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
2025-2026-o‘quv yili uchun tadbirlar ro‘yxati

Nechta o‘qituvchiga 70 foizlik ustama berilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi Xalqaro ta’lim akkreditatsiya jamiyati (INTEAS) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi

Yangi o‘quv yilidan musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.
Izohingizni tahrirlang