Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
Savol
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqidagi xabarni o‘qigandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
Javob
Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–49-sonli qarori imzolangan.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasbiy ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan quyidagi turdagi subsidiyalar joriy etilishi belgilangan:
- o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy ta’limga oid sertifikatlar;
- shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablag‘larning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigacha oshmagan miqdorda qoplab berilishi nazarda tutilgan.
Ammo bu maktab o‘qituvchilariga tegishli emas
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etilgan.
Agentlik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi tashkilot bo‘lib, asosan kasbiy ta’lim tashkilotlari, ya’ni texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul hisoblanadi.
Prezidentning PQ–49-sonli qarorida ham, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xababrlarda ham aynan kasbiy ta’lim sifatini oshirish haqida so‘z borgan bo‘lib, belgilangan subsidiyalar ham faqat kasbiy ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga beriladi.
Mazkur qarorda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglar nazarda tutilmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikat bor, ammo EduERP’da “ustama to‘lanmaydi” chiqyapti: sabab nima?
Meni maktabimda ona tili va adabiyot fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan ustozimiz A sertifikatini oldi, umumiy balli 66.82. Lekin erp.maktab.uz saytida ustama to‘lanadi degan joyiga “yo‘q” (to‘lanmaydi) chiqib turibdi. Shu savolga javob kerak, ustama to‘lanadimi yoki yo‘q?
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish tizimi tasdiqlandi. Mazkur hujjat bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholashning mutlaqo yangi tartibi joriy etildi.
Yangiliklar
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
Yangiliklar
“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Agentlik tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang