Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 45-bandiga ko‘ra pedagog kadrlar attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.
Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlar uzrli sabablar hisoblanadi:
- xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
- respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
- vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi;
- yaqin qarindoshining vafoti;
- vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar.
Bunda pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.
Ma’lumki, joriy yilning 15-aprel sanasidan boshlab, 14-mayga qadar pedagog xodimlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Ammo uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmagan pedagog kadrlar uchun qachon test sinovlari bo‘lib o‘tishi noma’lumligicha qolayotgandi.
Chunki, nizomda uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmagan pedagoglar uchun tashkil etiladigan test sinovlari asosiy test sinovlari bo‘lib o‘tganidan keyin aynan qancha muddatda o‘tkazilishi bo‘yicha aniq norma yo‘q. Ya’ni, nizomda test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirilishi nazarda tutilgan xolos.
Shu sababli, xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bog‘lanib, masalaga aniqlik kiritishga harakat qildi. Tahririyatga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, attestatsiyada qatnashmagan pedagoglar uchun navbatdan tashqari test sinovlarini kuz oylarida o‘tkazish reja qilinmoqda.
Bunga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablaridan kelib chiqib yondashadigan bo‘lsak, masala yanada oydinlashadi.
Ma’lumki, nizomning 36-bandiga ko‘ra pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari har yili mart-may hamda oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi belgilangan.
Agar uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi attestatsiyada qatnashmagan pedagoglar uchun navbatdan tashqari test sinovlari o‘tkazilishi aniq bo‘lganida, vazirlik 31-mayga qadar test sinovlarini tashkil etgan bo‘lardi.
Ushbu muddat esa deyarli tugab bo‘ldi, 31-maydan keyin esa test o‘tkazishning imkoni yo‘q. Chunki vazirlik nizom talablaridan chetga chiqolmaydi.
Shu sababli, uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmagan pedagoglar uchun oktyabr-noyabr oylarida test sinovlari o‘tkazilishi aniq.
Izohlar 34
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang