“Dolzarb 90 kun”: Vazirlik “va’dasini” bajardimi?
Joriy yilda o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yozgi ta’til mobaynida ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari tashkil etildi.
Bu orada mehnat ta’tiliga chiqqan pedagoglarga “Dolzarb 90 kun” tadbirlarida ishtirok etish yuzasidan noqonuniy topshiriqlar berila boshladi. Shundan so‘ng, xalqtaliminfo.uz saytida hududlarda kuzatilgan holatlar bo‘yicha tanqidiy maqola e’lon qilindi.
Keyinroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining 14-kunida hududlarda kuzatilayotgan holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Unda vazirlik pedagoglarning yozgi ta’til davrida mehnat ta’tiliga chiqishi uchun tegishli reja-grafik tasdiqlanganligi va mazkur rejaga asosan pedagoglarning belgilangan kunlarda mehnat ta’tiliga to‘liq chiqishi ta’minlanishini aytib, ushbu tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish rejalashtirilganligini ma’lum qilgandi.
Ammo bir qancha pedagoglarning xalqtaliminfo.uz'ga murojaat qilishicha, “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot pullari to‘lab berilmagan.
Shu sababli, umumiy holatni o‘rganish uchun tahririyatning Telegram kanalida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 11 mingdan ortiq pedagoglar ishtirok etib, respondentlarning 4 foizi (407 nafari) mukofot pullari to‘lab berilganligini, 80 foizi (9073 nafari) mukofot pullari to‘lab berilmaganligini, 16 foizi (1832 nafari) mazkur tadbirlarga jalb qilinmaganligini bildirdi.
Pedagoglar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga jalb qilinganlarning katta qismi kutilgan mukofot pullarini olmagan bo‘lishi mumkin. Bu esa bir tomondan, vazifa ijrosida shaffoflik yetarli emasligini, ikkinchi tomondan esa, bunday tadbirlarda qatnashgan o‘qituvchilarning mehnati yetarlicha rag‘batlantirilmaganligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, vazirlik o‘zining rasmiy bayonotida keltirib o‘tilgan mazkur vazifa ijrosi qay darajada bajarilganligi bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etmagani pedagoglar orasida ko‘plab savollarni yuzaga keltirmoqda. Ular, xususan, mukofot pullarini to‘lash tartibi va mexanizmi qanday belgilanganligi, mablag‘ aynan qaysi manbalar hisobidan ajratilishi kerakligi, hamda ayrim hududlarda to‘langan, boshqalarda esa to‘lanmagani kabi tafovutlar sababi haqida aniq javob olishni istashmoqda.
Shu bois, vazirlikdan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarida ishtirok etgan pedagoglarga bir martalik mukofot pullarini to‘lab berish haqidagi aniq va rasmiy ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etishini so‘raymiz.
Izohlar 10
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Muallimdan maktub
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdi?
O‘zbekistonlik aksariyat o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha ishlarda ishlash odatiy holga aylanib ulgurgan. Sabab esa bitta — dars soatlarining yetishmasligi, oylik maosh kamligi.
Yangiliklar
Nihoyat, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Vazirlikning tahririyatimizga yo‘llagan rasmiy javob xatida ta’kidlanishicha, yozgi ta’til vaqtida hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmasligi nazarda tutilgan.
Muallimdan maktub
“Dolzarb 90 kun” tadbirini deb, direktorning boshi baloga qoldi...mi?
“Dolzarb 90 kun” tadbirini o‘tkazgan maktab direktori chaqirtirlidi. Aslida, tadbirga taniqli olimlar, yozuvchilar ham taklif qilingan. Shuningdek, maktab direktori Rustam Abduvohidovning tashabbusi bilan “Yoshlar festivali” ham tashkil etilgandi.
Yangiliklar
Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Ammo vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang