Attestatsiya bo'yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi
Ma’lumki, attestatsiya test sinovlarida ishtirok etgan pedagoglar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Shikoyat arizasi yo‘llagan pedagog xodim arizani aynan uning ishtirokida ko‘rib chiqilishini xohlasa, shikoyat arizasida ‘‘murojaat aynan mening ishtirokimda ko‘rib chiqilsin’’, degan mazmunda qo‘shimcha kiritishi kerak bo‘lardi.
Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 58-bandida murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkinligi belgilangandi.
Mazkur tartib hukumatning 2025-yil 26-noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan bekor qilindi. Ya’ni, endilikda apellyatsiya shikoyatlari o‘qituvchilar ishtiroksiz ko‘rib chiqiladi.
Bunda apellyatsiya murojaatini ko‘rib chiqish bo‘yicha ekspertlarning xulosalari ko‘rib chiqish yakunlangan zahoti murojaat etuvchi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Murojaat etuvchi pedagog kadrning so‘roviga ko‘ra Apellyatsiya komissiyasi qarorining tegishli qismidan ko‘chirma taqdim etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kuzgi attestatsiya o‘qituvchilar orasida yanada katta norozilikka sabab bo‘lgandi. Avvalroq esa attestatsiya jarayoni bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bir nechta sud majlislarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullariga pedagog kadrlar tomonidan yuborilgan shikoyat arizasi ularning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganligi sababli bir necha bor e’tiroz bildirilgandi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Attestatsiya
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Yangiliklar
Prezident topshirig‘i bilan o‘qituvchilar attestatsiyasi bekor qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘iston bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya testi rasman bekor qilindi.Bu haqda Qozog‘istom ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova ma’lum qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang