8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bolalarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirda poytaxtdagi nodavlat oliy ta’lim muassasasining 2-bosqich talabasi Yangihayot tumanidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, moddiy manfaatdorlik evaziga, 2014–2021-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 9 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq berib kelgan.
Tekshiruv jarayonida 49 dona turli diniy mazmundagi kitoblar, 24 dona diniy darsliklar yozilgan daftarlar hamda 1 dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarga majburiy ravishda saboq berilgan, ayrim hollarda esa ularga turli darajada tan jarohatlari ham yetkazilgan.
Shuningdek, bolalardan 6 nafari 2 oydan 8 oygacha umumta’lim maktabidagi darslarga bormagan, aksincha, majburan uyda saqlanib, hatto ularga ko‘chaga chiqishga ham ruxsat berilmagan.
Hozirda ushbu manzildan olingan diniy adabiyotlar va kompyuter texnikasi yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlanib, qonunbuzar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 229²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, bolalarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Yangihayot tumanida kuzatilgan boshqa holatda esa, yuqorida keltirilgan talabaning nodavlat oliy ta’lim muassasasidagi o‘qituvchisi ham ijara xonadonda bolalarga noqonuniy tarzda diniy saboq berayotgani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, 1987-yilda tug‘ilgan ushbu shaxs va uning turmush o‘rtog‘i tomonidan 2009-2018-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 5 nafar bolalarga saboq berilgan bo‘lib, ular orasida Tojikiston Respublikasi fuqarosining ham farzandi borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tegishli ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan shaxs 2011-2016-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.
Yangiliklar
Toshkent shahrida 3 yildan buyon maktabga bormay, diniy ta’lim olayotgan o‘quvchi aniqlandi
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari aniqlandi.
Yangiliklar
Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi
21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
So'ragan edingiz
Bolalarni diniy ta’lim uchun o‘qishga berish taqiqlandimi?
Yaqinda eshitib qoldim, bolalarini diniy bilim olish uchun o‘qishga berganligi uchun ota-onalar ota-onalar qamalishi mumkin ekan. Shu to‘g‘rimi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang