To‘garak yillik ish rejasini avvaldan tuzib olinishi to‘g‘rimi?

23:17 / 26.01.2024
4.52k
Savol:
Bizga to‘garak hujjatlarining namunalari berilgan. Ushbu namunaviy hujjatda to‘garak yillik ish rejasi ham mavjud. Ushbu ish rejada qaysi mavzularni o‘tishimiz ham oldindan belgilab qo‘yilgan. Axir o‘quvchilar qiyin yoki oson o‘zlashtiradigan mavzular dars jarayonida aniqlanmaydimi?
Javob:
Fan to‘garaklari o‘qituvchining pedagogik yuklamasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, to‘garaklar tashkil etish o‘quv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni hisoblanadi.
Fan o‘qituvchilarining lavozim majburiyatlarida ham pedagog xodimlar o‘quvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida o‘z fani bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish lozimligi qayd etilgan.
Fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tish majburiy hisoblanadi. Bunda fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish maqsadga muvofiq.
Asosiy savolga javob beradigan bo‘lsak, maktablarda to‘garaklar faoliyatini tartibga soluvchi hujjat mavjud emas. Asosiy muammo ham shunda aslida. Yaʼni, iqtidorli yoki bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qay tartibda ishlanadi, to‘garak hujjatlari qanday yuritiladi va u o‘z ichiga nimalarni oladi degan savolga aniq javob yo‘q.
Shunchaki tavsiya sifatida aytadigan bo‘lsak, iqtidorli hamda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan shug‘ullanish bo‘yicha tuziladigan ish reja dars jarayonida shakllantirib borilishi lozim deb hisoblaymiz.
Chunki, o‘quvchi qaysi mavzuni qiyin yoki to‘liq o‘zlashtirishgani dars jarayonida maʼlum bo‘ladi. Buni oldindan tahlil qilishning imkoni yo‘q. Shu sababli to‘garak ish rejasini avvaldan tuzib olish noto‘g‘ri amaliyot deb hisoblaymiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

15:29 / 03.09.2025
Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

17:30 / 31.08.2025
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi

10:00 / 30.08.2025
Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi

18:11 / 30.08.2025
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytirildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarining yuklamasini esa 20 soatdan 18 soatga tushirish haqida prezident topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
17:05 / 14.07.2025

To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
14:50 / 02.06.2025

Maktab sport zalida pullik to‘garak ochish mumkinmi?
Ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini oshish mumkin.
14:00 / 05.03.2024

Maktabdagi tanaffuslar vaqtini MMTB xodimlari belgilashi to‘g‘rimi?
Ularning maktablar faoliyatini tekshirish vakolatlari tugatilgan
10:43 / 13.01.2025
Izohingizni tahrirlang