Qirg'iziston maktablarida pul yig‘imlari uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Prezidentning 2023 yil 26 maydagi “Bolalarning bepul maktab ta’limi olish huquqini amalga oshirishning davlat kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 136-son qarorini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, davlat va shahar ta’lim muassasalarida pul mablag‘larini noqonuniy undirishga yo‘l qo‘ygan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Qarorda Moliya vazirligi tomonidan 2023 yilda davlat ta’lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, Bishkek va O‘sh shaharlari hokimliklariga zarur bo‘lgan xo‘jalik buyumlarini ta’mirlash, muhofaza qilish va sotib olish uchun 557 million 158 ming som ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab yetti kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, Prezident Sadir Japarov joriy yilning may oyida “Bolalarning davlat ta’lim tashkilotlarida (1-11 sinflar) bepul maktab ta’lim olish huquqini amalga oshirishning davlat kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, davlat ta’lim tashkilotlarida noqonuniy ravishda mablag‘ undirish va ular hisobidan davlat jamg‘armalari tashkil etish taqiqlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi qonunbuzilish murojaatlari soni bo‘yicha “yetakchi” sohalardan biri deb topildi
Mavzuga doir yangiliklar
Prezident maktab o‘quvchisiga shaxsiy telefoni va boshqa buyumlar sovg‘a qildi
Bu uchrashuvga ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan video turtki bo‘ldi.
Malaka oshirish
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.
Qirg'iziston
Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Ta’lim vazirligi ushbu taklifni ilgari surmoqda
Yangiliklar
O‘qituvchilarga sifatsiz noutbuklar xarid qilingani uchun bosh vazir jazolandi — Qirg‘iziston
Bu haqida Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang