Top.Mail.Ru
Menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish pullik bo'ladi, lekin...

Menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish pullik bo'ladi, lekin...

21:41 / 26.12.2023 7.66k
Maktab direktorligiga nomzodlar uchun Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy qilinayotgan menejerlik o‘quv kurslari pullik bo‘lib, o‘quv kurslarida bir nafar nozod uchun belgilangan to‘lov miqdori tegishli vazirliklar tomonidan har yili 1-dekabrgacha belgilanadi.

Tasdiqlangan o‘qitish harajatlari uchun to‘lov menejerlik o‘quv kurslarida o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlardan undiriladi.

O‘quv kursi barchaga birdek pullik bo‘ladimi?

Yo‘q, aslo unday emas. Ya'ni, vazirlik tomonidan reja-taqsimotga kiritilgan maktab direktorlarini o‘qitish Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Direktorlar birinchi marotaba menejerlik sertifikatini olgandan keyin, navbatdagi menejerlik kurslarida o‘qish va sertifikatni olishda nomzod sifatida ishtirok etadi.

Bunda 2024-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotganlarni o‘qitish Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ushbu holatni yanada soddaroq qilib tushuntiramiz

Masalan, 1-sonli maktabda faoliyat yuritib kelayotgan Sobir aka 2021-yildan buyon (2021-yil shartli ravishda qo‘llanildi) shu maktabda direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Endi yangi tartibga ko‘ra Sobir aka ham boshqa direktorlar qatori menejerlik kurslariga jalb qilindi deylik.

Lekin xuddi shu 1-sonli maktabda faoliyat yuritib kelayotgan Jobir aka esa 5-6 yillik ish stajiga ega bo‘lgan pedagog va u maktab direktorligiga nomzod bo‘lish uchun menejerlik o‘quv kurslarida o‘qib, sertifikat olmoqchi.  

Mana shu vaziyatda Sobir akadan menejerlik o‘quv kursida o‘qiganligi uchun to‘lov undirilmaydi. Jobir aka esa menejerlik kursida o‘qishi uchun to‘lov qilishi kerak bo‘ladi.

Xulosa shuki, 2024-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotganlar uchun ushbu kurslar bepul bo‘ladi. Ammo, yangi nomzodlar uchun menejerlik kurslarida o‘qish pullik bo‘ladi.

Izohlar 4

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • menejerlik
  • Maktab direktori

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Farg‘onada maktab direktorlari ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinyapti, vazirlik bundan xabardormi?

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 5 yildan ortiq ishlagan maktab direktorlarni ommaviy ravishda majburiy rotatsiya qilinayotgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi.

18:59 / 04.08.2026
Yangiliklar

Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Avvalroq, ixtisoslashtirilgan maktabda faoliyat yuritayotgan ayrim direktor o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lanmayotgani, ayrim hududlarda esa mazkur ustamalar to‘xtatib qo‘yilgani yuzasidan kelib tushgan murojaatga qonuniy asoslar orqali javob bergandik.

17:20 / 08.04.2026
Maqola

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

13:44 / 24.09.2025
Maqola

Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari

Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.

10:29 / 25.09.2025