Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ikkita fandan milliy sertifikatga ega bo‘lsa qay biriga ustama to‘lanadi?
Savol
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ona tilidan ham,
matematikadan ham milliy sertifikatga ega bo‘lsa, ustama qanday tartibda
to‘lanadi? Har ikki fan uchun 20% dan to‘lanadimi yoki faqat bitta sertifikatga
ustama to‘lanadimi?
Javob
Prezidentning 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda
xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF–134-sonli farmoni 9-bandiga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash
agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog
kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustamalar
to‘lab berish nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2023-yil 28-iyul kuni Maktabgacha va
maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining
2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risidagi qarori imzolangan.
Mazkur qaror izohining 7-bandida “Matematika va ona
tili va adabiyot” (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq
tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi
mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi
belgilangan.
Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak,
agar boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchisi ona tili va adabiyot fanidan ham,
matematika fanidan ham milliy sertifikatni qo‘lga kiritsa, ushbu ikki
sertifikat uchun ham 20 foizlik ustama to‘lab berilishi lozim.
Maʼlumot uchun: Ona tili, matematika o‘qituvchilari mazkur ustamani qo‘lga kiritish uchun 80 ball yig‘ishlari lozim bo‘lsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga 60 ball yetarli hisoblanadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang