Top.Mail.Ru
O‘qituvchining eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlari bekor qilinganmi?

O‘qituvchining eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlari bekor qilinganmi?

09:30 / 16.04.2024 3.13k
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-fevralda 32-sonli buyrug‘i qabul qilingan. 

Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlar va Respublika taʼlim markazining ishonch telefon raqamiga koʻplab pedagoglar tomonidan “Oʻtgan oʻquv yillar davomida ishlari ommalashtirilib, tegishli sertifikatga ega boʻlgan pedagog xodimlarning sertifikat muddati bekor qilindimi?” mazmunidagi murojaatlar kelib tushgan. 

Shundan soʻng Respublika ta’lim markazi 2024-yil 9-aprel kungi 01/11-9-109-son  xatida quyidagilarni ma’lum qildi:
Oʻtgan oʻquv yillari davomida RTM direktorining 2021-yil 26-yanvardagi “Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi (bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotgan) buyrugʻi asosida pedagog xodimlarning ishlari ommalashtirilib, tegishli Kengashlarning qarori qabul qilingan kundan boshlab besh yilga amal qiladi.

Xalq taʼlimi vazirining “Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli (bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotgan) buyrugʻi asosida ishlari ommalashtirilib, tegishli sertifikatga ega boʻlgan pedagog xodimlarning sertifikati amal qilish muddati berilgan kundan boshlab, uch yilga amal qiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ommalashtirish

Ulashish