Endilikda pedagog va xodimlarning jamoaviy mehnat nizolari yanada oson hal etiladi

20:00 / 01.05.2024
3.01k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2024-yil 26-apreldagi tegishli qo‘shma qaroriga muvofiq ular o‘rtasida mehnat arbitraji tuzildi.
Bu xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida yuzaga keladigan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi respublika mehnat arbitraji hisoblanadi.
Mehnat arbitraji nima?
Mehnat arbitraji – yarashtirish komissiyasida kelishuvga erishilmaganda taraflar o‘rtasidagi jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) uchun tuziladigan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi organ hisoblanadi.
Jamoaviy mehnat nizosi nima?
Jamoaviy mehnat nizosi – xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasidagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini (shu jumladan, mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish, jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomasini, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni tuzish va o‘zgartirish hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar hisoblanadi.
Doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika tarmoq mehnat arbitraji tarkibi etib quyidagilar tayinlandi
- Xamdamova Sadoqat Xolmurodovna – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik boshqarmasi yuriskonsulti, mehnat arbitraji raisi;
- Musurmonov Jo‘rabek Latipovich – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Murojaatlar boshqarmasi boshlig‘i, arbitr;
- Muhamedaliyeva Dilbar Abduraxmanovna – O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh yuriskonsulti, arbitr;
- Turikova Lazokat Mashrabovna – O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, arbitr;
- Yaratov Jamil Vasilyevich – O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, arbitr.Ma’lumot uchun, xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan respublika mehnat arbitrajining axborot hamkori sifatida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

20:40 / 29.04.2025
Har ikki yilda ayrim o‘qituvchilarga 40 ming dollardan ziyod pul beriladi

11:40 / 24.04.2025
Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

18:30 / 23.04.2025
Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

12:11 / 22.04.2025
Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
Mavzuga doir yangiliklar

2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
14:00 / 03.01.2025

O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?
23:10 / 17.12.2024

O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?
Bu mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi
01:50 / 08.12.2024

Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlarga ish joyidan ish haqi saqlangan ta’til beriladimi?
Mehnat kodeksida masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan
20:05 / 30.11.2024
Izohingizni tahrirlang