Xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan B2 sertifikati talabi bu yil ham bekor qilinishi mumkin
12:20 / 07.07.2024
25.37k
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarori 9-bandiga ko‘ra, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangandi.
2022/2023-o‘quv yilida maktablarda xorijiy tillar o‘qituvchilari yetishmaganligi sababli, B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
2024-2025 o‘quv yiliga qadar esa maktablarda faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerak edi.
2022/2023-o‘quv yilida maktablarda xorijiy tillar o‘qituvchilari yetishmaganligi sababli, B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.
2024-2025 o‘quv yiliga qadar esa maktablarda faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerak edi.
Jurnalist, Aziza Qurbonovaning ma’lum qilishicha, 2024-yil, 6-iyul kuni Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o‘rinbosarlari ishtirokida bir qancha bloger va jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda mazkur masalaga to‘xtalib o‘tilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda o‘qituvchilarga yana qo‘shimcha muddat berilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o‘qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo‘lmagan bo‘lsa, bu safar ham imkon berilishi mumkin.
Albatta, bu hali shunchaki taklif. Qachonki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinsa, keyin amalga oshadi.
Shuni ham alohida eslatib o‘tish joizki, agar xorijiy tillar o‘qituvchilarga yana qo‘shimcha muddat berish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinsa, bu tartib yangi ishga kirayotgan o‘qituvchilarga emas, balki amalda maktablarda ishlab kelayotgan o‘qituvchilarga nisbatan tatbiq qilinadi.
Shu sababli, ta’lim muassasalariga yangi ishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Izohlar 10
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
10:54 / 19.03.2026
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
16:30 / 16.03.2026
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
10:00 / 16.03.2026
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
07:00 / 15.03.2026
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi.
13:05 / 03.02.2026
Yangiliklar
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
09:13 / 17.01.2026
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
18:01 / 10.01.2026
Yangiliklar
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
10:44 / 27.10.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang