O‘zbekistondagi maktablarda dars berish uchun AQSHdan o‘qituvchilar keldi
O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o‘qituvchi keldi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Amerikalik o‘qituvchilar O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun kelgan. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi, 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.
Yangi o‘quv yilida O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda 20 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi ish boshladi, deya xabar qildi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ular 2024−2025-o‘quv yilida O‘zbekistonning 10 ta viloyatida ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishga yordam beradi. 2019-yildan buyon mamlakatda 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi ishlamoqda.
Amerikalik mutaxassislardan foydalangan holda ingliz tilini o‘rgatish tashabbuslari 2019-yilda AQSh elchixonasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan boshlangan.
“Loyiha AQSh hukumatining O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini kuchaytirish, jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisini tayyorlash borasidagi ulkan majburiyatlarining faqat bir qismidir”, — deyiladi xabarda.
2018-yildan buyon AQSh hukumati O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitish va o‘rganishga 31,2 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Toshkentda amerikalik o‘qituvchilarni kutib olarkan, “Barchangiz nafaqat ingliz tili ko‘nikmalarini oshirish, balki AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynamoqdasiz”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yildan boshlab ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar “til egalari” sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilingandi. 2024-yildan boshlab esa yana 1 500 ta “til egalari” olib kelinishi reja qilingandi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi.
Yangiliklar
2026-yilda xorijlik pedagoglar soni 2000 nafarga yetkazilib, turar joy bilan ta’minlanadi
Xorijdan kelgan mutaxassislar turarjoylarga joylashtiriladi va zarur sharoitlar bilan ta’minlanadi. Turarjoy uchun ijara to‘lovlari esa mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida har oy kechiktirmasdan amalga oshirib boriladi.
Yangiliklar
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli buyrug‘i imzolandi.
Yangiliklar
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham tegishli taqdimnoma kiritilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang