Dars soatining sinf rahbarligiga aloqasi bormi?
Savol
Maktabda mutaxassisligim bo‘yicha 30 soat dars va sinf rahbarlik qilishim mumkinmi? Yoki 30 soat darsi bor o‘qituvchiga sinf rahbarlik berilmaydimi?
Javob
Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining yo‘riqnomasi"ga ko‘ra sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
- maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
- boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
- o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;
- boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi.
Bunda umumta’lim muassasalarida mehnatni soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rib turganimizdek, sinf rahbarlarini tanlab olish mezonlarida o‘qituvchining dars soatlari miqdori ko‘rsatilmagan.
Ya’ni, sinf rahbarlik qilish uchun pedagog xodimning qancha dars soati olganligi mutlaqo ahamiyatsiz. Xulosa shuki, 30 soat darsi bor o‘qituvchi ham sinf rahbarlik qilishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar TIMSS tadqiqotida ham past natija ko‘rsatdimi?
Toshkentdagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi
O‘qituvchining darslarini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oylik berish kerakligi aytildi
Toshkent shahar MMTB bir maktabda 54 ta jinoyat sodir etilgani haqidagi xabarni asossiz deya bayonot berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Vaqtincha sinf rahbarlik yuklatilgan o‘qituvchiga qancha qo‘shimcha haq to‘lanadi?
Sinf rahbarligi qo‘shimcha haq to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga kiradi
Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?
Sinf rahbarlik lavozimini o‘qituvchiga majburiy tarzda biriktirish haqida qoida mavjud emas.
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lab berilgan pullar qaytarib olinishi to‘g‘rimi?
Bu to‘lovlarni qayta undirib olish imkonsiz.
Sinf metodbirlashma rahbari 10 foizlik ustama olishga haqlimi?
Aslida, sinf metodbirlashma rahbariga ham 10 foizlik ustamalarni joriy qilish to‘g‘ri bo‘lardi.
Izohingizni tahrirlang