Vazir Hilola Umarovaga kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bog‘cha ochish vazifasi yuklatildi
Ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Yangi yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.
Bog‘cha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning ta’lim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi ko‘rsatib o‘tildi.
Respublika bo‘yicha bunday bolalarning 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bog‘chaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda o‘qiyapti.
Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bog‘chada inklyuziv ta’lim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi.
Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatining 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni o‘qitadigan 90 ta maxsus maktabni ko‘p funksiyali maktabga aylantirish kerakligi ta’kidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.
Yangi o‘quv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, namuna qilinadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish borasidagi ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yangiliklar
Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani, suv ta’minotida uzilishlar borligi, qo‘l yuvish uskunalari yetarli darajada jihozlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar
Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda
Bolalar ombudsmani 1,3,5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, monitoring o‘rganishi o‘tkazdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang