Top.Mail.Ru
O‘quvchilar ekologiyaga oid tanlovda qatnashsa, o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?

O‘quvchilar ekologiyaga oid tanlovda qatnashsa, o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?

17:58 / 19.02.2025 1.66k

Savol

Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkazilyapti.


Agar o‘quvchilarim shu ko‘rik-tanlovda qatnashib, yaxshi natijaga erishsa, menga yangi o‘quv yilida ustama uchun ball beriladimi?


Javob

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga 1-ilovada pedagog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlariga ko‘ra yuqori sinf o‘quvchilari fan olimpiadasi va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida ishtirok etib, natijaga erishsa, buning uchun pedagog xodimlarga ustama uchun ball berilishi nazarda tutilgan.


Bunda o‘quvchilarning natijasiga qarab, pedagog xodimlarga quyidagicha ball beriladi:


  • tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilar eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 10 ball;


  • tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilar eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 20 ball;


  • tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilar 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganda — 30 ball.


E’tibor bering: Mazkur tanlovlar natijasiga qarab pedagog xodimga ball berilishi uchun tanlov vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.


Ma’lumki, har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati e’lon qilinadi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75-sonli xati bilan 2025-2026-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan.


Ushbu ro‘yxatda esa “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi mavjud emas. Shu sababli, ushbu tanlovda o‘quvchilar qatnashib, ma’lum bir natijalarga erishgan taqdirda ham pedagog xodimlarga ustama uchun ball berilmaydi deb hisoblaymiz.


Chunki, ushbu tanlov natijasidan kelib chiqib, o‘qituvchiga ball berish uchun mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadigan ko‘rik-tanlovlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak. Vazirlik esa ushbu tanlovni royxatga kiritmagan.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama

Ulashish