O‘quvchilar ekologiyaga oid tanlovda qatnashsa, o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?

Savol
Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkazilyapti.
Agar o‘quvchilarim shu ko‘rik-tanlovda qatnashib, yaxshi natijaga erishsa, menga yangi o‘quv yilida ustama uchun ball beriladimi?
Javob
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga 1-ilovada pedagog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlariga ko‘ra yuqori sinf o‘quvchilari fan olimpiadasi va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida ishtirok etib, natijaga erishsa, buning uchun pedagog xodimlarga ustama uchun ball berilishi nazarda tutilgan.
Bunda o‘quvchilarning natijasiga qarab, pedagog xodimlarga quyidagicha ball beriladi:
- tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilar eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 10 ball;
- tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilar eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 20 ball;
- tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilar 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganda — 30 ball.
E’tibor bering: Mazkur tanlovlar natijasiga qarab pedagog xodimga ball berilishi uchun tanlov vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75-sonli xati bilan 2025-2026-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Ushbu ro‘yxatda esa “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi mavjud emas. Shu sababli, ushbu tanlovda o‘quvchilar qatnashib, ma’lum bir natijalarga erishgan taqdirda ham pedagog xodimlarga ustama uchun ball berilmaydi deb hisoblaymiz.
Chunki, ushbu tanlov natijasidan kelib chiqib, o‘qituvchiga ball berish uchun mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadigan ko‘rik-tanlovlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi kerak. Vazirlik esa ushbu tanlovni ro‘yxatga kiritmagan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin

“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer

Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal

“Zakovat”da g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi

Yangi o‘quv yilidan musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.

O‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi Xalqaro ta’lim akkreditatsiya jamiyati (INTEAS) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Yil o‘rtasida o‘qituvchining ustama foizini kamaytirish to‘g‘rimi?
O‘tgan yili menga 823-qaror bo‘yicha direktor jamg‘armasidan 20% ustama belgilandi, 2025-yil yanvar oyida esa ustamaning 10 foizi asossiz olib tashlandi. Sababini so‘rasam, moliyadan, yuqoridan shunday topshiriq bor degan bahonalarni eshitdim, xolos. Bu qanchalik asosli?
Izohingizni tahrirlang