Ayrim hududlardagi o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolayotgani aytildi
13:41 / 30.09.2024
1.43k
Prezident Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari, Karmana tumanidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolayotganini ta’kidladi.
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqotda malaka oshirish tizimida amalga oshiriliyaotgan ishlar ham tilga olindi.
“Bugungi ochiq muloqotimiz salkam bir asrlik tarixga ega bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida o‘tayotgani albatta bejiz emas. Men yig‘ilishdan oldin hozirgi kunda mutlaqo yangicha qiyofaga ega bo‘lgan institutda yaratilgan sharoitlar, o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha yangi tizim taqdimoti bilan tanishdim.Bundan buyon ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish uchun ishni 7 ta yo‘nalishda tashkil etamiz. Birinchidan, Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga mas’ul bo‘ladi. Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3 yilda byudjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi.Kecha yaxshi bir xabar eshitdim. Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bu mablag‘ni kutib o‘tirmasdan, mahalliy byudjetdan 7 milliard so‘m ajratib, viloyatdagi malaka oshirish markazini rekonstruksiya qilishni boshlab yuboribdi.Bunday ezgu ishlar azaldan ilm-ma’rifat maskani, ulug‘ allomalar diyori bo‘lib kelayotgan Buxoro ahliga albatta yarashadi.Qolgan hokimlar ham tashabbus ko‘rsatib, zarur mablag‘ni topib, o‘z hududidagi markazlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirsa, bundan kim yutadi? Albatta, birinchi navbatda ana shu hududning o‘zi, uning aholisi va yoshlari yutadi. Aslida buyam tarbiya, buyam vatanparvarlik, buyam ibrat.Afsuski, Guliston, Namangan va Farg‘ona shaharlari, Karmana tumanidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish markazlari nochor ahvolda qolmoqda. Men viloyat hokimlariga hududdagi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini yuklaganim albatta bejiz emas.Ya’ni, hokimlarning o‘zi bu sohada o‘rnak bo‘lishi kerak. Ularga qarab boshqalar ham ta’lim va tarbiya davlat, jamiyat uchun qanday hal qiluvchi masala ekanini his etadi. Endi shuni bilinglar, “Qachon dasturga kirsa, ta’mirlaymiz”, deb kutib o‘tiradigan zamonlar o‘tib ketdi.Bugun davr ham, talab ham boshqacha. Ta’lim va tarbiyada yo‘qotilgan bir kun ertaga o‘n yillik, yuz yillik muammoga aylanadi” — deya ta’kidladi Prezident.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
11:04 / 19.12.2024
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
12:27 / 18.12.2024
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
13:12 / 17.12.2024
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
15:57 / 13.12.2024
34 mingta bola nogironligi sabab ta’lim muassasasalariga bormayapti
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
So'ragan edingiz
Yangiliklar
Yangiliklar
2025-yilda ta’lim uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi
Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi
18:21 / 17.10.2024
Maktabda ishlayotgan talabalar malaka oshirishga chiqishi shartmi?
Ushbu masalada rasmiylar munosabati ham olganmiz
15:05 / 18.11.2024
Musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fani o‘qituvchilarini katta o‘zgarishlar kutmoqda
Ushbu fan o‘qituvchilari faoliyati tanqid qilindi
11:07 / 08.11.2024
Pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar: A.Avloniy institutining yangilangan binosiga tashrif
Institutining yangi binosida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi
16:42 / 08.10.2024
Izohingizni tahrirlang