2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida Tarmoq jamoa kelishuvi imzolangan.
Ushbu Tarmoq kelishuvida xodimlarning ijtimoiy-mehnat va huquqiy himoyasi, ta’lim tizimi xodimlarining mehnat huquqlarini ta’minlashga oid ko‘plab masalalar o‘z aksini topgan. Kelishuvlarning bajarilishi esa har yili muhokama qilinishi an’anaga aylangan.
2024-yil 27-dekabr kuni Tarmoq kelishuvi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari T.Komilov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Daliyev hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari qatnashishdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqaruv organlari, Agentliklar, tasarrufdagi tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari hamda Respublika kengashining hududlar bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi hamda tuman va shahar kengashlari raislariga tashkilot va muassasalarda xodimlarning ustamalari va ish haqlari bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha 2025-yil davomida qat’iy nazorat o‘rnatish, xodimlarning huquqlari buzilishi aniqlangan holda zudlik bilan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan majlisda quyidagi topshiriqlar berildi
- Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan nomenklaturasiga kiruvchi va ish beruvchi sifatida mehnat shartnomasi imzolangan rahbarlar uchun 2025-yilga mo‘ljallangan ta’tillar jadvalini tuzish va nusxasini 2025-yil 10-yanvarga qadar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga taqdim etish;
- Tuman va shaharlar miqyosida hududiy tarmoq jamoa kelishuvlarining hamda barcha tashkilot va muassasalarda jamoa shartnomalarining 2024-yilda bajarilishini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlarni 2025-yilning 1-apreliga qadar yuqori saviyada tashkil qilish va bunda ish beruvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish;
- Ish beruvchilar tomonidan tashkilot va muassasalarda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
- Jamoa shartnomalarining 2025-yildagi ijrosiga bag‘ishlangan barcha yig‘ilishlarda tuman va shahar MMTB rahbari hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman va shahar kengashlari raislarining shaxsan ishtirokini ta’minlash hamda xodimlarning mehnat huquqlariga oid barcha savollariga javob berish.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan majlisda tarmoq darajasida doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning 2025-yilga mo‘ljallangan faoliyati bo‘yicha ish rejasi ham tasdiqlandi.
2025-yilga mo‘ljallangan ish rejada quyidagilar belgilandi
- Ta’lim muassasalarida munosib mehnat sharoitlarini yaratilishini va mehnatni muhofaza qilish va sanitar-gigiyena masalalarini nazorat qilish;
- Ta’lim tizimi xodimlari uchun ta’tillar jadvalini tuzishga erishish va ular o‘z vaqtida ta’til olish huquqidan foydalanishlarini nazorat qilish;
- Xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini qonunchilikka zid ravishda bekor qilishning oldini olish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar va targ‘ibotlarni amalga oshirish choralarini ko‘rish;
- Buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
- Tizimda samarali mehnat qilayotgan xodimlar va kasaba uyushmasi faollarini “Xalq ta’limi a’lochisi” hamda “Xalq ta’limi fidoiysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash;
- Mehnat sohasidagi va ta’lim tizimiga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari loyihalariga takliflar ishlab chiqish va tegishli vazirlik, idoralarga taqdim qilish.
Majlis davomida yil yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari T.Komilov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Daliyev hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari o‘z yillik faoliyatlariga oid hisobotlarini ham taqdim etishdi.
Yig‘ilish yakunida bosh jamoa kelishuvi ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi qo‘shma qarori ham imzolandi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi ma’lumotlar pedagog.uzedu.uz platformasida eʼlon qilgandan so‘ng, nomzodlar ishga kirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ariza qoldirishadi.
So'ragan edingiz
Yaqin maktabda vakansiya bor, test natijam bilan ishga kira olamanmi?
Nizomga ko‘ra, talabgorlar ta’lim tashkilotlaridagi vakant ish o‘rinlari uchun pedagog.uzedu.uz platformasi orqali ariza topshiradi hamda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov (test) asosida ishga qabul qilinadi.
So'ragan edingiz
ERP bazasiga kiritilmagan pedagog “qizil” maktabga ishga kira olmaydimi?
Vazirlik mas’ullarining aytishicha, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirgan hamda saralashdan o‘tgan pedagog kadrlarning ma’lumotlarini ERP bazasiga kiritish uchun joriy yilning 5-avgustiga qadar muddat belgilangan.
Yangiliklar
Endi maktabdagi vakansiyalar haqida hisobot berish shart bo‘lmaydi
Shuningdek, bandlik organi yo‘llanmasi bilan bo‘sh ish o‘rniga kelgan nomzodni ishga qabul qilinmagan taqdirda, ish beruvchi sabab keltirishi shart bo‘lmaydi va buning uchun ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang