Endi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.
Endilikda, (oliy maʼlumotli boʻlmagan yoki mutaxassis lavozimidagi) pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmasa, pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ikki marta jalb etiladi.
Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.
Shuningdek, attestatsiyadan o‘ta olmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar etib belgilandi.
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan xoldagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
Izohlar 16
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
Attestatsiya
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Yangiliklar
Attestatsiya bo'yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi
Endilikda apellyatsiya shikoyatlari o‘qituvchilar ishtiroksiz ko‘rib chiqiladi. Mazkur tartib hukumatning 2025-yil 26-noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan bekor qilindi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi attestatsiyaga ariza topshirib, unda qatnashmasa amaldagi toifasi kuyib ketadimi?
Oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiman. 70 foizlik ustama, vazir jamg‘armasi va “Yil o‘qituvchisi”ga da’vogarlik qilish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgandim.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang