Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?

Ma’lumki, 2024-yil fevral oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning tegishli qarori bilan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari Milliy gvardiya tuzilmasiga o‘tkazilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilib, Milliy gvardiya organlariga bolalarga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaslik, jamoat joyida sigaret chekish va alkogol iste’mol qilish kabi huquqbuzarliklar bo‘yicha jazo qo‘llash vakolati berilishi kutilayotgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
Bu haqda joriy yilning 18-mart kuni Bosh prokuraturada prezident maslahatchisi D.Qodirov raisligida o‘tkazilgan videoselektorda ma’lum qilingan.
Xabarda aytilishicha, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-son hamda “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-son qarorida nazarda tutilgan.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda esa jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar aniq raqamlar hamda misollarda ko‘rsatib o‘tilib, galdagi vazifalar belgilab olingan.
Bundan tashqari, Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligini Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilganligi ma’lum qilinib, ichki ishlar organlari tomonidan voyaga yetmaganlar bilan “Oila – mahalla – maktab” tamoyili asosida manzilli ishlash yo‘nalishida aniq vazifalar belgilab berilgan.
Ma’lumki, 2024-yil 26-fevralda “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish, “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya o‘rtasida 4-k/k va 5-k/k sonli qo‘shma qaror ham imzolangandi.
Mazkur qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq 2024-yil fevral oyidan boshlab maktablardagi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanishni boshlagandi.
Ynagi tartib shuni anglatmoqdaki, endilikda o‘quvchilar davomati bilan Milliy gvardiya emas, avvalgidek ichki ishlar xodimlari shug‘ullanadi. Hozircha, nega aynan bunday qarorga kelingani ochiqlanmagan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Direktor o‘rinbosarlari ham ishdan olinadi

O‘quvchilar huquqbuzarligi uchun Milliy gvardiyaga jazo qo‘llash vakolati beriladi
Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi

Hindistonda milliondan ortiq bolalar maktabga bormayapti
Lekin hind maktablaridagi umumiy davomat ko‘rsatgichi 99.59% ni tashkil etgan

Maktablarda sanitariya sharoitlari yo‘qligi sabab, har 14 ta qizdan bir nafari maktabga bormaydi
O‘quvchilar davomatiga ta’sir qiluvchi omillar
Izohingizni tahrirlang